Harbiy xizmatchilar urush qatnashchisi holidan xabar oldi

0
693

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmad bobo Jalilov holidan xabar olib, hamsuhbat boʻlishdi.

Xonadonga sovgʻa-salomlar bilan tashrif buyurgan harbiylar 100 yoshni qarshilayotgan otaxon quvonchiga sabab boʻldi. Qahramonning oila aʻzolari ham harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrsatilayotgan bunday doimiy eʻtibor va gʻamxoʻrlikdan minnatdor ekanliklarini bildirdi.

Ahmad bobo bugun 98 yoshda. Umrining eng navqiron, kuchga toʻlgan 18 yoshida — 1943-yilda mashʻum urush fronti tomon otlandi. Ota yurt, ona makon erki uchun issiq quchogʻiga sovuq qurol oldi. Sadoqat, mardlik, jasorat singari qorishiq hislar bilan yovga yuzma-yuz keldi. Balki shu tuygʻular panohidami gʻalabadan soʻng koʻksiga medallar bilan uyga salomat qaytish baxti nasib etdi.

Urushdan keyin ham Vatanda turli lavozimlarda faoliyat yuritib, urush qatnashchisi sifatida davlat va xalqimiz eʻzozida boʻldi. Bugun uch nafar oʻgʻil, yetti nabira va uchta evara gʻamxoʻrligi ostida.

Harbiylar mahalla yoshlari doim bobo holidan xabar olib, suhbatiga quloq osishadi, qimmatli oʻgitlarini hayot yoʻllariga tadbiq etishadi. Bu kabi xayrli ishlar okrug harbiy xizmatchilari tomonidan tizimli ravishda davom etmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting