Yurtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda

0
568

Respublikadagi barcha korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan Kasaba uyushmalari xodimlari 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini keng nishonlab kelmoqda.

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ushbu sana munosabati bilan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z xizmat majburiyatlari va burchini vijdonan bajarib, fuqarolar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan kasaba uyushmalarining bir guruhi Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi. 

–  Men bugun juda ham baxtiyorman. Mening kamtarona xizmatlarimni munosib baholab “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlashdi. Ushbu e’tibor meninig kelajakda Ona vatanim oldidagi o‘z farzandlik burchimni yanada his qilgan holda, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun o‘z hissamni qo‘shishimda kuch va g‘ayrat bag‘ishladi, — deydi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi kadrlar va saf bo‘limi yetakchi mutaxassisi Feruzaxon Karabayeva.

Aytish joizki, Kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar soha xodimlarining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

 “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati