Mergan mutaxassislarning ko‘nikmalari oshirildi

0
1069

Har tomonlama yetuk mergan mutaxassislarni tayyorlashda Sharqiy harbiy okrug hududida joylashgan Mudofaa vazirligi Merganlar tayyorlash markazining oʻrni beqiyos sanaladi.

Merganlar tayyorlash markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi mergan mutaxassislarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qayta tayyorlash, turli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu markazda harbiy xizmatchilar uch oy davomida nazariy bilimlarni chuqur egallab, amaliy jarayonlarda uni mustahkamlayadi. Turli xil vaziyatlarda sergaklikni saqlab, innovatsion otish usul va uslublarini chuqur oʻrgangan harbiy xizmatchilar qoʻshinlarda oʻz bilim va koʻnikmalarini amaliyotga tadbiq qilishadi.

Bugun, 27-aprel kuni Merganlar tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, markaz mas’ul ofitserlari, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘quv kursini tamomlagan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar va esdalik nishonlar topshirildi. Shuningdek, bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, xalqaro musobaqaga yo‘l olayotgan harbiy xizmatchilarga esa rag‘batlantirishlar berilib, ularning ota-onalariga minnatdorchiliklar e’lon qilindi.

Tantanali tadbir davomida Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoasining chiqishlari namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting