“Vatan tayanchi” harakati va qo‘mondonlik o‘rtasida memorandum imzolandi

0
1152

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining bir guruh faol a’zolari uchun sayohat tashkil qilindi.

Yoshlar harbiy qismda mavjud harbiy-tarixiy muzey, sport shaharchasi, “Adiblar bog‘i” va kompyuterlashtirilgan panoramali o‘q otish xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Darhaqiqat, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ertamiz egalarida katta taassurot uyg‘otdi.

Tadbir harbiy qism Madaniyat markazida davom etdi. Dastlab qo‘mondonlik tomonidan tayyorlangan harbiy-vatanparvarlik videoroligi tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha zarur maslahatlarni berib o‘tdi. “Vatan tayanchi” harakatining maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar esa barchaga birdek foydali bo‘ldi.

Tadbirning asosiy qismida Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati va Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memarandumi imzolandi.

Harbiy orkestr jamosi tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik, milliy va estrada yo‘nalishidagi kuy-qo֥‘shiqlar tadbirga tantana shukuhini olib kirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting