Farg‘onada Qurolli Kuchlar xizmatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
750

Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlarining Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda soha bo’yicha qator masalalar ko’rib chiqildi. 

Tadbir avvalida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari so‘zga chiqib, bugungi kungacha tizimda olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng tuman, shahar va viloyat mudofaa ishlari bo‘lim va boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida alohida takliflar eshitildi.

Darhaqiqat, har bir harbiy xizmatchi bo‘laman degan fuqaro joylardagi mudofaa ishlari bo‘limlaridan chaqirtiriladi va shu yerda saralab olinadi. Shu bois mazkur tizimda olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv davomida soha bo‘yicha o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajarib, hamkaslariga o‘rnak bo‘lib kelgan Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilarining bir guruhi rahbariyat tomonida e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.

Shuningdek, soha xodimlarining murojaatlarini amaliy hal etish borasida alohida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishchi xizmatchilarni qiynab kelayotgan sohalar bo‘yicha muammolar o‘rganilib, ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati