Vatanga qasamyod kechagina paydo boʻlib qolgan an’ana emas. Bu qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va soʻnggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir.
Bugun, 23-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda Vatanga qasamyod tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda harbiy bilim yurti boshliqlari, okrug qo‘shinlari qo‘mondonlari, viloyat hokimlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar ishtirok etdi.
Sodiq boʻlishga ont ichgan har bir askarga Prezident nomidan maxsus gʻilofchaga joylashtirilgan “Oʻzbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari topshirildi. Yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan ota-onalar, yosh-u keksalar va mehmonlar ushbu onlarni katta hayajon bilan kuzatdilar. Shuningdek, yurt osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlagan oʻgʻlonlarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.
Asosiy tadbirdan soʻng, harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali qoʻl janggi va jangovar chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etildi. Yig‘ilganlarga harbiy orkestri ijrosidagi badiiy guldasta yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Toshkent harbiy okrugiToshkent harbiy okrugiToshkent harbiy okrugiToshkent harbiy okrugiSharqiy harbiy okrugSharqiy harbiy okrugSharqiy harbiy okrugSharqiy harbiy okrugSharqiy harbiy okrugMarkaziy harbiy okrugMarkaziy harbiy okrugMarkaziy harbiy okrugMarkaziy harbiy okrugMarkaziy harbiy okrugJanubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugJanubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugJanubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugJanubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugJanubi-g’arbiy maxsus harbiy okrugJanubiy operativ qo‘mondonligiJanubiy operativ qo‘mondonligiJanubiy operativ qo‘mondonligiJanubiy operativ qo‘mondonligiShimoli-g‘arbiy harbiy okrugShimoli-g‘arbiy harbiy okrugShimoli-g‘arbiy harbiy okrugShimoli-g‘arbiy harbiy okrugShimoli-g‘arbiy harbiy okrugShimoli-g‘arbiy harbiy okrugQurolli Kuchlar akademiyasiQurolli Kuchlar akademiyasiQurolli Kuchlar akademiyasiQurolli Kuchlar akademiyasiQurolli Kuchlar akademiyasiChirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiChirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiChirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiChirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiChirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiOliy harbiy aviatsiya bilim yurtiOliy harbiy aviatsiya bilim yurtiOliy harbiy aviatsiya bilim yurtiOliy harbiy aviatsiya bilim yurtiToifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligiToifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligiToifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligiToifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligiToshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismToshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismToshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismToshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismZangiota tumanida joylashgan harbiy qism
Endigina harbiy hayotga qadam qo’yayotgan askarlarning shijoati dadil, maqsadlari aniq. E’tiboringizga hududlarda bo‘lib o‘tkan Vatanga qasamyod marosimlaridan fotolavhalar havola etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti