Markaziy harbiy okrugda “Eng ilg‘or jangovar vzvod” ko‘rik-tanloviga start berildi

0
997

Markaziy harbiy okrugining Samarqand hamda Jizzax garnizonlarida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilayotgan “Eng ilg‘or jangovar vzvod” ko‘rik-tanloviga start berildi.

Ko‘rik tanlovning tantanali ochilish marosimlarida Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlari, okrug qo‘mondonligi, harbiy qismlarning shaxsiy takribi ishtirok etdi.

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi mas’ul boshqarmasining ofitserlari tomonidan okrug jamoalaridan sinovlar olish jarayonlari boshlandi.

Unga ko‘ra, saf ko‘rigi, harbiy xizmatchilarning tegishli hujjatlari, ularga biriktirilgan qurol-aslahalar va safar anjomlari tekshirildi.

Shuningek, test sinovlari orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish va vzvod shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligi qisqa va uzoq masofaga yugurish, tosh ko‘tarish, turnikda tortidish kabi mashqlarda aniqlandi.

Endilikda “Forish” va “Sazagan” dala-o‘quv maydonlarida harbiy xizmatchilarning merganlik mahoratlarini aniqlash maqsadida qurollar, jangovar va zirhli texnikalardan belgilangan nishonlarga o‘q otish sharti bo‘yicha nazorat sinovlari o‘tkaziladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati