Harbiy shifokorlar olis qishloqlarda tibbiy koʻriklar tashkil etmoqda

0
882

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining olis “Pomiq” qishlogʻi aholisi Qarshi harbiy gospitali shifokorlari hamda “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tibbiy potranaj brigadasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tashabbusi bilan oʻtgan xayrli tadbir davomida Mirishkor tumani poliklinikasida 300 dan ortiq pomiqliklar malakali shifokorlar qabulida boʻldi.

Bolalar shifokori, UZI mutaxassisi, terapevt, EKG mutaxassisi, akusher-ginekolog, nevropotolog singari mutaxassislar ko‘riklar davomida o‘z maslahat va tavsiyalarini berib bordilar.

Tekshiruvlar davomida bemorlarga bepul birlamchi yordam koʻrsatish dori-darmonlari ham tarqatildi. Markazdan olisda yashovchilar uchun tez-tez tashkil etilayotgan bunday tashriflar aholiga moddiy jihatdan koʻmak beribgina qolmay, turli ovoragarchiliklarning oldini olayotgani bilan ham ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, shifoxonaga borish imkoni boʻlmagan nogironligi bor va ogʻir xastalikka chalingan bir nechta bemorlarning yashash xonadonlariga borgan holda ham tibbiy ko‘riklash tashkil etilmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati