Qo‘mondon yosh ofitserlar bilan kasbga fidoyilik mavzusida suhbat qurdi

0
1686

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan oliy maʼlumotli oddiy askar va serjantlarga davlatimiz yuksak ishonch bildirib, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti qoshidagi ofitserlarni qayta tayyorlash kursida qisqa taʼlimdan soʻng dastlabki ofitserlik unvoni – leytenant berildi. Albatta, bunday yuksak ishonch, oʻz navbatida Qurolli Kuchlarimiz ofitserlar korpusini butlayotganlarga yanada koʻproq masʼuliyat yuklab, ulardan kasbga fidoyilik, sadoqat bilan yondashishni talab etadi.

Yaqindagina egnilaridagi oddiy askar va serjant unvonlarini ofitserlik yulduzchalariga almashtirgan, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni shu yil oʻtab boʻlib, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qolgan yoshlar bilan harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan “Nukus” umumqoʻshin poligonida bir necha kunlik yigʻin mashgʻulotlari tashkil etilib, ularning kasbiy malakasi oshirildi.

Mazkur yigʻinlarda ishtirok etgan yangi ofitser va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov suhbat qilib, ularning kasbga boʻlgan qiziqishlarini tingladi.

Samimiy suhbat davomida qoʻmondon harbiylik faoliyatida yangi sahifani boshlayotgan yoshlarga ofitserlik kasbi va uning masʼuliyati, harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda mavqeining katta-kichikligi, ofitser odob-axloqi, fazilatlari hamda qoʻl ostidagi harbiy xizmatchilarga oʻrnak-namuna boʻlishi haqida maʼruza qilib, ularga kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi. Ilk ofitserlik unvonlariga sazovor boʻlgan yoshlarning qiziqishlari, ularning dunyoqarashi bilan qiziqib, kasbga fidoyilik va masʼuliyat bilan yondashishni talab qildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati boshligʻi