Harbiy xizmatchilar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi

0
1993

Andijon garnizonidagi harbiy qismlarda harbiy xizmat xavfsizligini tashkil etish boʻyicha Sharqiy harbiy okrug masʼul ofitserlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

Unda qonunchilik hujjatlari bilan ishlash, harbiy xizmatchilarning ruhiy holatlarini oʻrganish, qoʻshinlarda xizmat olib borishni tashkillashtirishda zamonaviy vositalardan foydalanish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar tashkil etildi. Harbiy shaharchalar xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan harbiy xizmatchilarning xizmat olib borish jarayonlari, ehtimoliy vaziyatlarda ularning harakat ketma-ketligi, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishi yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Qoʻshinlar xizmatini toʻgʻri tashkil etish, umumharbiy nizomlar talablarini toʻliq bajarish boʻyicha ham oʻquv nuqtalarda yigʻin ishtirokchilariga mashgʻulotlar amaliy tarzda namoyish etildi.

Zamonaviy kuzatish vositalaridan unumli foydalanish, ularni oʻrnatish va xizmat koʻrsatish usullari haqida okrug masʼul ofitserlari tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi. 3 kun davom etgan mazkur yigʻinda komendantlik xizmati, harbiy xizmat xavfsizligiga taʼsir oʻtkazuvchi omillar, ularni bartaraf etish, buyruq va nizomlar talablarini oʻz vaqtida bajarish boʻyicha yoʻriqnomalar berib oʻtildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting