HAMKASBLARIMIZ HARBIY JURNALISTIKA BO‘YICHA QAYTA TAYYORLOV KURSINI BITIRDI

0
821

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida harbiy jurnalistika bo‘yicha qayta tayyorlov kursi bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbirda universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja 4 oy davomida 576 soatlik qayta tayyorlov kursini tamomlagan bitiruvchilarni samimiy qutlab, kelgusida ular bilan harbiy jurnalistika bo‘yicha talabalar ishtirokida o‘quv va mahorat darslari o‘tkazish rejasini o‘rtaga tashladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv kursida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning axborot xizmati xodimlari universitetning malakali professor-o‘qituvchilaridan ta’lim oladi. Joriy yilda boshqa kuch tuzilmalari singari Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining bir nechta xodimlari ham tahsil olib, diplom va “Harbiy jurnalist” ko‘krak nishoniga ega bo‘ldi.

Leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV, “Vatanparvar” gazetasi