Soha mutaxassislari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi

0
1386

Sharqiy harbiy okrug Maʻnaviyat va maʻrifat markazida okrug qoʻshinlari tarkibidagi harbiy qism va muassasalar kadrlar organi shaxsiy tarkibi, kadrga masʻul mutaxassislar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ishtirok etib, yig‘ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Yig‘in davomida korrupsion holatlarning oldini olish, mehnat qonunchiligidagi yangilik va oʻzgarishlar, soha xodimlariga bugungi kunda qoʻyilayotgan talablar kabi mavzularda okrug masʻul ofitserlari tomonidan batafsil maʻlumotlar berildi. Shuningdek, hujjatlar va murakkab holatlar boʻyicha yigʻin ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ham javoblar qaytarildi.

Shuningdek, tadbir davomida yig‘in ishtirokchilarining madaniy hordiq chiqarishlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ular uchun Said Ahmadning “Ufq” triologiasi teatr aktyorlari tomonidan sahnalashtirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati