“Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovining okrug bosqichida birinchilikni egallagan, muddatli harbiy xizmatchilar taqdirlandi

0
756

Markaziy harbiy okrugining “Sazagan” dala-o‘quv maydonida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Men g‘olib” shiori ostidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovining okrug bosqichida birinchilikni egallab, Mudofaa vazirligi miqyosida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan muddatli harbiy xizmatchilar taqdirlandi.

Unda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov ishtirok etib, «Eng ilg‘or mutaxassis» ko‘rik-tanlovi muddatli harbiy xizmatchilarda yuksak jangovar tayyorgarlik va professionallikni oshirish, qo‘shinlarda o‘zaro musobaqa ruhini kuchaytirish, harbiy mutaxassislarda yetakchilik xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi va Mudofaa vazirligi bosqichi bahslarida g‘olib va sovrindor bo‘ladigan askarlar uchun beriladigan imtiyozlar xususida to‘xtalib, ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi.

Shundan so‘ng, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni barcha muddatli harbiy xizmatchilarga okrug qo‘mondonligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alarini topshirib, kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.

Ma’lumot uchun Mudofaa vazirligi miqyosida 15-20-noyabr kunlari “Farg‘ona”, “Chirchiq”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Nukus” hamda “Termiz” dala-quv maydonlarida o‘tkazilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovida Markaziy harbiy okrugi sha’nini himoya qilish uchun muddatli harbiy xizmatchilar 25 ta yo‘nalishda ishtirok etadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati