“Amir Temur izdoshlari” bilimlar sinovida bellashmoqda

0
806

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida mudofaa vaziri kubogi uchun Oʻzbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari tasarrufidagi “Temurbeklar maktablari”, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari oʻrtasida “Amir Temur izdoshlari” fan olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur fan olimpidasi harbiy-akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida fikr-mulohazalar almashish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, oʻquvchilarda muomala qilish madaniyati, notiqlik va liderlik sifatlarini shakllantirish maqsadida tashkillashtirilmoqda.

Ishtirokchilar fizika, matematika, tarix va ingiliz tili fanlaridan egallagan bilimlarini sinovdan oʻtkazib, gʻoliblik uchun bellashyapti. Har bir harbiy-akademik litseydan 8 nafardan ishtirokchi, jami 40 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Har bir fan boʻyicha oliy toifali oʻqituvchilar tomonidan nazorat sinovlari oʻtkazilgan bo‘lib, “Amir Temur izdoshlari” fan olimpiadasining shaffofligi taʼminlangan. Olimpiada davomida hakamlar hayʼati tomonidan barcha natijalar eʼlon qilinib, ishtirokchilarga yetkaziladi.

Yakuniy natijalar esa yakka tartibda va jamoaviy hisobda eʼlon qilinib, gʻoliblar munosib taqdirlanadi. 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati