Shahrisabzdagi qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazini 130 dan ortiq fuqaro bitirdi

168

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabi negizida tashkil etilgan Qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazi o‘zining ilk 132 nafar qaldirg‘ochiga bitiruv sertifikatlarini topshirdi.

Shahrisabz shahridagi betakror Oqsaroy maydonida tashkil etilgan tantanali tadbirda markazning elektromontaj, elektrosvarka, bo‘yoqchi-bezakchi, gipsokardon montajchisi, g‘isht terish ustasi kabi olti yo‘nalishini muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilariga sertifikat, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarga berilgan bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanib malakali mutaxassis sifatida ish boshlashlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shuningdek, tadbir davomida yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va Qarshi garnizoni hamda Shahrisabz shahar ma’naviyat-ma’rifat markazi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Shahrisabzda Janubi-g‘arbiy maxus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi nazorati ostida Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati