Havo-desant tayyorgarligi mutaxassislarining koʻnikmalari oshirilmoqda

0
1445

Mudofaa vazirligi qoʻshinlari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati havo-desant tayyorgarligi mutaxassis harbiy xizmatchilari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining “Sharq desantchilar” bazasida boʻlib oʻtmoqda.

Unda Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi masʼul ofitserlari tomonidan ishtirokchilar oʻquv yigʻin rejasiga asosan oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashgʻulotlar bilan tanishtirildi.

Mazkur yigʻinda soha mutaxassislarining nazariy va amaliy bilimlari sinovdan oʻtkazilib, munosib deb topilganlarga “Havo-desant tayyorgarligi yoʻriqchisi” maxsus unvoni topshiriladi.

15-aprel kuniga qadar yigʻin ishtirokchilari bilan soha yoʻnalishlari boʻyicha turli usullarda desantlashtirish mashgʻulotlarini sifatli oʻtkazish maqsadida togʻ oʻquv markazi mutaxassislari ham jalb qilingan.

Yigʻin davomida ishtirokchilarning olgan nazariy va amaliy koʻnikmalarini kelajakda havo-desant qoʻshinlari bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda keng qoʻllash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati