Jizzaxda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
538

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonida faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda Jizzax Politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining bitiruvchi 3-kurs o‘quvchilari o‘rtasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar, yosh avlod kelajagi yo‘lida barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari borasidagi erishilgan ijobiy natijalar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishdan iboratdir.

Tadbirda so‘zga chiqqan faxriylar va harbiy xizmatchilar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi o‘zgarishlar, shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yoshlarni kelajakda o‘z o‘rnini topishi lozimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, Xalqaro armiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlarini ertamiz egalari bilan bo‘lishdi.

O‘quvchi yoshlar esa o‘zlarining ushbu sohadagi qiziqtirgan savollari va harbiylik hayotiga qiziqish bildirishdi va ishtirokchilar ushbu an’anani davom ettirish maqsadida keyingi uchrashuvni Jizzax garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazishga kelishib olishdi.

Tadbir yakunida harbiy orketr jamoasi va istedodli yoshlar tomonidan Ona Vatanni ulug‘lovchi kuy qo‘shiqlar ijro etib yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati