Ekologiyaga munosib hissa

0
670

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasini ma’lum qilgandi. Shu maqsadda 2-noyabrdan 10-dekabrgacha bo‘lgan muddat daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» deb e’lon qilindi.

Ayni paytga kelib respublikamiz bo‘ylab daraxt ekish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar harbiy xizmatchilari va yigitlik bo‘rchini bajarayotgan askarlar harbiy qism hududida kech kuzgi chopiq hasharlari o‘tkazib, turli manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekishdi.

Archa, qarag‘ay va pavlovniya daraxtlari kislorod ishlab chiqarashi boshqa daraxtlarga nisbatan bir necha barobar ko‘p ekani inobatga olingan.

Bu kabi obodonlashtirish ishlari qo‘shinlarida jadal davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati