“Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan vatanparvarlar harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
703

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismlarning birida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida mudofaa vaziri kubogi uchun vatanparvarlar harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar vatanparvarlik musobaqalarining yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylikka havas uig‘otishi, shuningdek ularning kelgusi faoliyatlarida ijobiy ta’sir qilishi haqida aytib o‘tishdi.

Musobaqa ishtirokchilari harbiy estafeta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, merganlik mahorati, saf qo‘shiqlari hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” yo‘nalishlarida bellashishdi.

Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etib, yoshlar o’zlarining nimalarga qodir ekanliklarini musobaqa davomida yaqqol namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o‘rinni Izboskan tumanidan “Lochin” jamoasi egallagan bo’lsa, 2-o‘rin Bo‘ston tumanidan “Temurbeklar” jamoasiga nasib etdi.  3-o‘rinni Shahrixon tumanidan “Jalolliddin” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar okrug qo‘mondonligi, viloyat Yoshlar agentligi va “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati