Inson qadri ulugʼlangan yurt

495

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostida konstitusiyaviy qonun loyihasi boʻyicha harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasida referendum oʻtkazish tartibi, bosh qomusimizning yangi tahriridagi moddalar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashabbusi bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Inson qadri ulugʼlangan yurt” degan ezgu gʼoya ostida yangilanayotgan Konstitutsiya targʼibotiga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Unda harbiy xizmatchilar, talabalar, oʼquvchi yoshlar, uyushmagan yoshlar, katta-yu kichik yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy institut boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Fayzullo Shermatov tomonidan bosh qomusimizga kiritilayotgan oʼzgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga va kafolatlangan taʼlim sifatiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. 

Yangilanayotgan Konstitutsiya nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga toʼla xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekani taʼkidlanib, 30-aprel kuni boʼlib oʼtadigan referendumda har birimiz ishtirok etib, oʼz fuqarolik burchimizni bajarishimiz lozimligi alohida qayd etildi.

Mayor Sherqoʻzi HAKIMOV, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti