Toshkent viloyatining olis hududlari aholisi salomatligi tekshiruvdan o‘tkazildi

0
582

Oʻzbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash, xalqqa sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish borasidagi ishlarga “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Bekobod shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tashabbusi bilan Markaziy harbiy klinik gospitali, Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hamda “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi mutaxassislari ishtirokida Bekobod tumani 4-sonli oilaviy poliklinikasida “Qolgansir”, “Oltin vodiy” va “Farhod” mahalla fuqarolari yigʻinida istiqomat qilayotgan mahallik aholi vakillari uchun tibbiy-koʻrik boʻlib oʻtdi.

Unda pediatr, terapevt, ginekolog, oftalmolog, lor, nevrolog, endokrinolog, dermatolog kabi vrachlar koʻrigi, shuningdek, UTT va EKG tekshiruvlari hamda laboratoriya tahlillari oʻtkazildi.

Tadbir davomida, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish qaratilgan “Sogʻlom tanda — sogʻ aqil”, “Yod tanqisligi” va “Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi sogʻlom kelajak asosi” mavzusida tibbiy profilaktik suhbatlar ham olib borildi.

Tibbiy-koʻrikka jami 450 ga yaqin mahalliy aholi vakillarining ishtiroki taʻminlanib, ularga malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan tibbiy maslahatlar berildi. Shuningdek, “temir daftar”ga kiritilgan aholi ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, tibbiyot muassasalarida bepul davolanish uchun orderlar bilan taʻminlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting