Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas

0
1559

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida aholi muammolarini “xonadonbay” oʻrganish, “ogʻir” hamda qizil toifaga kirgan mahallalarida Mudofaa vazirligi tomonidan biriktirilgan masʼullar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borishmoqda.

Bugungacha mahallalarda 300 tupdan ortiq daraxt ekildi, 650 dan ortiq daraxtga shakl berilib, oqlandi, 2 500 metr ariq va lotoklar tozalandi. Toʻplanib qolgan 20 tonnadan ortiq axlat shahardan tashqariga chiqarildi. Kam taʼminlangan 4 ta oila xonadonlarida taʼmirlash-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, boquvchisini yoʻqotgan oilalar uchun tovuqxona hamda tandirlar qurib berildi.

Shuningdek, Chirchiq shahrida 26 ta referendum uchastkalari tayyor holatga keltirildi. Ramazon oyi doirasida 2 ta iftorlik tadbirlari tashkil etilib, unga kam taʼminlangan oilalardan 300 nafardan ortiq fuqaro jalb etildi. Iftorlik tadbirlarida ikki oilaga 5 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi.

Aholining kayfiyatini koʻtarish maqsadida 6 ta mahallada madaniy-hordiq tadbirlari tashkil etilib, unda 2 600 nafar fuqaro qamrab olindi.

Fuqarolar salomatligini tiklash, ularga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hududiy tibbiyot mutaxassislari ishtirokida 1 ta mahallada sayyor tibbiy koʻriklar oʻtkazilib, 1 800 nafar fuqaro jalb etildi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting