Harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazilmoqda

0
1060

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismda qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama tekshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Ta’kidlash joizki, bo‘linmalarda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tekshiruvlarda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho berilmoqda. Mashg‘ulotda dastlab harbiy qism shaxsiy tarkibining “Trevoga” signali asosida harakatlanishi, qo‘riqlashni kuchaytirilgan tizimga o‘tkazish amaliyotlari sinovdan o‘tkazildi.

Harbiy qism yuqori jangovar shaylikka keltirildi, barcha shaxsiy tarkib o‘ziga belgilangan joylar bo‘yicha qo‘riqlovni tashkil qildi. Saf ko‘rigi orqali esa shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, serjantlar va ofitserlar tarkibining hujjatlari, safar xaltasi, qurol-aslaha va anjomlari tekshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda Jizzax garnizoniga qarashli harbiy qismda olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari yurt posbonlarining jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirish, komandirlik boshqaruvi va favqulodda holatlarda harbiy xizmatchilarning to‘g‘ri va aniq harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Ayni paytda mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarining nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Forish” tog‘ poligonida amaliy mashg‘ulotlar bilan davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati