Gʻazalkent shahrida iftorlik dasturxoni yozildi

0
864

Muborak Ramazon oyining kirib kelganiga sanoqli kunlar bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz bu ulug‘ oyda yordamga muhtoj oilalar, qariyalar hamda bemorlar xolidan xabar olib, ularning dardiga malham bo‘lishga, mehr-muruvvat ko‘rsatib, saxovat ko‘rsatishga odatlanganlar. Zero, bu xalqimizga xos an’ana, milliy urf-odatlarimizning bir ko‘rinishidir.

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Gʻazalkent shahrida joylashgan “Aziya Grand” toʻyxonasida nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari, oqsoqollari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Saxovat tadbirida mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, general-leytenant Bahodir Matlyubov, Toshkent viloyati IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripovlar ishtirok etdi.