Vatanparvar yoshlar harbiy qismda

0
612

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda oʻquvchi yoshlar va Fargʻona “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi.

Bir kun davomida oʻquvchi yoshlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar va qurol-aslahalar hamda koʻrgazmali qoʻl jangi namoyishlari tashkil etildi. Tashrif davomida yoshlar buyuk sarkardalar Amir Temur va Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan tematik sinfxonalari bilan tanishtirildi.

Ularning harbiy yurishlari va jang sanʼatida tutgan oʻrni, saltanat boshqaruvi va uni idora qilishdagi strategiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati