Samarqandda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

0
764

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Samarqand harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Vatanparvar” bogʻida garnizondagi barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan va muqim ish joyiga ega boʻlmagan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda 45 dan ortiq davlat va jamoat tashkilotlari oʻzlarining 575 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etib, harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, garnizondagi kuch tuzilmalari Mudofaa ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan va oliy ma’lumotga ega yoshlar uchun Qurolli Kuchlardagi boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etib, unga qabul qilish boʻyicha qonuniy jihatlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtdi.

Mehnat yarmarkasida asosan xizmat joyini oʻzgartirib yaqinda Samarqand garnizoniga kelgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻzlariga mos boʻlgan ish oʻrinlari bilan tanishib, ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalari imzoladi.

Yigirmadan ortiq oila bekalari esa Samarqand shahridagi Monomarkazda malaka oshirish kurslarida tahsil olish uchun yoʻllanmalarni qoʻlga kiritdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati