Harbiy xizmatchilarning farzandlari ta’limiga e’tibor

0
1130

Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda Namangan hamda Gʻurumsaroy garnizonlarida joylashgan Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini taʼlimga boʻlgan qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirish maqsadida matematika, ingliz tili fanlaridan bellashuvlar va insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov ikki bosqichda oʻtkazilib, dastlabki bosqichda harbiy xizmatchilarning 6—11-sinflarda taʼlim olayotgan 470 nafar farzandi ishtirok etib, final bosqichida “Yosh matematik” va “Ingliz tili bilimdoni” yoʻnalishlari boʻyicha 100 nafar, “Vatan taqdiri mening qoʻlimda” mavzusida insho yozish boʻyicha 110 nafardan oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tanlov gʻoliblari test sinovlari hamda “Vatan taqdiri mening qoʻlimda” mavzusida eng yaxshi insho yozish boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

Tanlov koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, sinov natijalari viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi ekspertlari tomonidan xolisona baholandi. Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish, harbiy xizmatga boʻlgan ishtiyoqi va muhabbatini yuksaltirish maqsadida ular bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, viloyatning Pop tumanida joylashgan umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida stol tennis, voleybol, mini-futbol, kamondan oʻq uzish, turnikda tortilish, shaxmat, 100 metrga yugurish yoʻnalishlari boʻyicha “Namangan harbiy prokurori kubogi” musobaqalari ham oʻtkazildi.

Musobaqalar davomida Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda 69-maktabning “Vatan tayanchi” otryadini 20 nafar aʼzosiga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari va guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Shu bilan birga, viloyatning boshqa hududlaridagi umumta’lim maktablarida taxsil olayotgan faol yoshlar ham ushbu ko‘krak nishoni va uning guvohnomalariga ega bo‘ldi.