Samarqandda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

0
576

Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan oʻn kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini oʻz nihoyasiga yetdi.

Tantanali yopilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand viloyati hokimligi, DXX viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari hamda yigʻin ishtirokchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvafaqqiyatlar tilab, ushbu “Jasorat maktabi”da oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlarini tilashdi.

Shundan soʻng, 100 nafar yoshlarga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari hamda IT yoʻnalishi boʻyicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, oʻquv yigʻini davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta”, viloyat hokimi kubogi uchun milliy kurash, viloyat DXX boshligʻi kubogi uchun mini futbol hamda IIB boshligʻi kubogi uchun oʻtkazilgan voleyboll sport musobaqlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar tashkilotchilarining kubog, medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Yakunda yigʻilganlar uchun viloyatning xushovoz xonandalari hamda harbiy orkestr jamoalari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati