Qashqadaryo viloyatida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini yakunlandi

1200

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Muborak garnizonida joylashgan harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini yakunlandi.  

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash va o‘qitish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig‘inning soʻnggi kunida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, Qashqadaryo viloyati tomonidan koʻplab mulohazali fikr va takliflar oʻrtaga tashlandi.

Mehmonlar harbiy xizmatchilar tomonidan 10 kun davomida berilgan tarbiya va bilim oʻz natijasini koʻrsatayotganini alohida qayd etdilar.

Suhbat davomida koʻplab yoshlar kelajagini harbiylik kasbi bilan bogʻlamoqchi ekanini aytgan boʻlsa, qolganlari oʻz tadbirkorliklarini yoʻlga qoʻyish maqsadida ekanini bildirdi. Viloyat hokimi kimda qanday asosli reja boʻlsa, okrug qoʻmondonligi bilan hamkorlikda ijobiy hal etishga va’da berdi.

Shundan soʻng “Jasorat maktabi”ning tantanali yakunlash marosimi tashkil etildi. Unda soʻz olganlar bir necha kun ichida egallangan bilim va ko‘kinmalar yoshlarning kelgusidagi ulkan hayot yo‘llarida dasturilamal bo‘lib qolish kerakligini ta’kidladi.

Yigʻinda oʻzini ijobiy xulqi, tirishqoqligi bilan ajralib turgan ishtirokchilar, shuningdek, oʻtkazilgan turli sport bellashuvlarida shohsupadan o‘rin olgan yoshlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan tantanali taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati