Mudofaa vazirligi tadbirkorlar uchun tanlov e’lon qiladi

0
983

Mudofaa vazirligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish xizmati “Chirchiq” poligoni yer maydonlaridan unumli va samarali foydalanish maqsadida tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarni sheriklik asosida qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni Mudofaa vazirligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish xizmatiga taqdim qilishi lozim:

  • O‘R MV QXMYB xizmati boshlig‘i nomiga ariza;
  • Firma nizomi;
  • Bank rekvizitlari haqida ma’lumot;
  • Firmaning qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumot;
  • Biznes loyiha.

Ma’lumot uchun (71) 126-61-79, (95) 085-01-19 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.