Jizzax garnizonida yangi texnikalar foydalanishga topshirildi

0
1823

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarini harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni taʻmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yangi “Kamaz” rusumli yuk avtomobillari tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Yangi yuk avtomobillarining kalitlarini tantanali topshirish marosimida okrug qoʻmondonligi, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Haydovchilik lavozimidagi harbiy xizmatchilarga yangi texnikalarni kalitini topshirish jarayonida ularga ishonch bildirilib, ushbu yuk avtomobillarini jangovar shay va soz holatda ushlab turishga, har qanday jangovar vazifalarni tez va aniq bajarishlariga yuksak ishonch bildirildi.

Shundan soʻng, tadbirda soʻz olganlar soʻngi yillarda milliy armiyamiz qudrati yuksalib, harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan butlanib kelayotganini eʻtirof etib, ushbu texnikalar dala, choʻl va togʻ sharoitida ham dosh berishini, yurish zaxirasi yuqoriligi va yonilgʻi sarfi borasida tejamkorligi bilan har tomonlama qoʻshinlarimiz uchun mos kelishini ta’kidlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati