Chempionlikka intilgan yoshlarning bellashuvi

0
602

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan karate sport to‘garagi qatnashchilari Respublika miqyosidagi musobaqada ishtirok etdi.

Musobaqada yoshlar Farg‘ona shahrining “Samo” majmuasida turli vazn toifasida bellashdi. Yosh sportchilarning har bir bellashuvida ich-ichidan hayajonga to‘lib, men ham, albatta, jahon chempioni bo‘laman degan ezgu orzu-umidlar o‘tgan bo‘lsa ajab emas. 

Musobaqa jarayonlarini malakali hakamlar shaffoflik bilan boshqarib borishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarini viloyat Karate federatsiya tomonidan medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati