Samarqandda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini navbatdagi mavsumi boshlandi

0
997

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlariga binoan hududlarda profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi ogʻir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha yigʻinlar oʻtkazish belgilangan.

Jumladan, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand viloyati harbiy maʼmuriy sektori, viloyati IIB, DXX, Yoshlar ishlari agentligi va ittifoqi bilan hamkorlikda joriy yilning 10-19-mart kunlari Samarqand viloyat harbiy maʼmuriy sektorning tegishli bayoniga asosan viloyatning turli hududlaridagi 100 nafar uchun Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Jasorat maktabi” loyihasi asosida yigʻin boshlandi.

Harbiylikka qiziqishi yuqori va asosiysi oʻz istagiga koʻra kelgan yoshlarga harbiy liboslar berildi. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Oʻzining qiziqishiga qarab kasb-hunarlar boʻyicha guruhlariga ajratildi va yotoqxonalarga joylashtirildi. Askarlar oshxonasida ovqatlanishi uchun oziq-ovqat taʼminoti yoʻlga qoʻyildi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarni tarbiyalashda yangicha tizim joriy etilgani va ayni damda amalda ekanligini taʼkidlab, yoshlarning ertangi kunda kutilayotgan yutuqlari xususida toʻxtaldi va bu yigʻin yoshlar uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishi haqida soʻzlab yoshlarni ruhlantirdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga oʻqitish hamda malakali kadrlar qilib yetishishlariga koʻmaklashish maqsadidagi yigʻin doirasida ishtirokchilarga motivatsion treninglar, kasb-hunar sirlari, biznes saboqlar va tadbirkorlik koʻnikmalari malakali mutaxassislar tomonidan oʻrgatiladi.

Shu bilan birgalikda, psixologik mashgʻulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, saf, jangovar tayyorgarligi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar amalga oshiriladi.

Yigʻin yakuni bilan 100 nafar ishtirokchilarga ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun maxsus sertifikatlar taqdim qilishnishi koʻzda tutilgan.

Tantanali marosimda yoshlar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida namoyish etilgan buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk siymolarimizning sahna koʻrinishlari, harbiy orkestr jamoalarining kuy-qoʻshiqlari, qoʻl jangi va saf chiqishlari yoshlardagi qiziqishni yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati