Uch viloyatda o‘g‘lonlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

0
2437

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida muddatli harbiy xizmat uchun saralab olingan yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatishga bagʻishlangan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Xususan, Samarqandda oʻtkazilgan tanatanali kuzatuv marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, shuningdek, mard oʻgʻlonlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.

Unda soʻzga chiqqan qoʻmondon va mehmonlar Vatanni chin dildan himoya qilishga tayyor mardlar, shijoati baland yigitlar armiyamizning asosiy tayanchi ekanini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, Jizzax va Navoiy garnizonlarida oʻtkazilgan tadbirlarda safda turgan yoshlar bu yergacha yetib kelish uchun yuzlab tengdoshlari orasidan saralanib, murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtishgani qayd etildi va ularga omad tilandi.

Mehmonlar uchun tashkil qilingan konsert dasturlari va bayram dasturxoni barchaga yorqin lahzalarni, unutilmas damlarni taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati