Xonobod garnizonidagi harbiy qism 82 yoshda

0
874

Xonobod garnizonida joylashgan harbiy qismlardan biri tashkil topganiga 82 yil to‘ldi. Qariyb bir asr yuzini ko‘rayotgan ushbu harbiy qismda mard va jasur sarlochinlar o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, ona Vatanga sodiq xizmat qilib kelmoqda.

Sana munosabati bilan harbiy qismda tong bayramona tadbir bilan boshlandi.

Tantanali tadbirda harbiy qism shaxsiy tarkibiga bayram tabrigini o‘qib eshittirildi. Xizmat faoliyatida yutuqlarga erishgan bir qancha harbiy xizmatchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qarshi garnizoni harbiy orkestri tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi, ayniqsa, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati