Qo‘mondon qahramon onalarni bayram bilan qutladi

0
1135

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov 2000-yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi terrorchilarga qarshi toʻqnashuvlarda Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʻminlashda jonbozlik koʻrsatgan qahramonlarimiz Bobur Gʻaniyev, Dilshod Asanov va Qahramon Madolimovning oila aʻzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida qo‘mondon ularni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tabriklab, sovgʻalar bilan bir qatorda bayram kayfiyatini ham ulashdi.

“Bugungi tinch hayotimizga sababchi boʻlgan qahramonlarimizning xotirasi doim qalbimizda abadiy”, — deydi tadbir davomida so‘zga chiqqan qo‘mondon.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax, Navoiy hamda Kattaqoʻrgʻon granizonlaridagi harbiy xizmatchilar Sarosiyo va Uzun tumanlaridagi jangovar harakatlarda ishtirok etib, qurbon bo‘lgan, shuningdek, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning onalari, turmush oʻrtogʻi va qizlariga bayram sovgʻalarini ulashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti