Yurt fidoyilarining jasorati hech qachon unutilmaydi

0
1056

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida zahmat chekkan 93 yoshli Sofiya Pogrebovani xonadonida boʻldi.

Mehmonlar faxriy ayolga bugungi tinch va usuda kunlar uchun minnatdorchilik bildirib, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami qutlab bilan qutladi vaurush faxriysiga bayram sovgʻasini ulashdi.

Qoʻmondonning navbatdagi manzili 2000-yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi terrorchilarga qarshi toʻqnashuvlarda Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatgan leytenant Sayyor Sadinovning xonadonida boʻldi.

Leytenant Sayyor Sadinovning yaqinlari bilan boʻlgan suhbat jarayonlarida qahramonning Surxondaryo viloyatining togʻli hududlarida xalqaro terrorchilarga qarshi togʻ qoyalari oraligʻida jang qilayotgan guruhning soʻroviga birinchilardan boʻlib javob berib, yordamga yetib borgani va terrorchilarga qarshi jangda ogʻir yaralanishiga qaramay jang qilishdan davom etib, mardlarcha halok boʻlgani xotirlandi.

“Farzandimning Vatani tinchligi uchun jonini fido qilganidan va men shunday farzandning onasi ekanligimdan chin maʼnoda faxrlanaman. Bu voqealarga koʻp yillar boʻlgan boʻlsada, hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibordan mingdan ming roziman va qaratilayotgan eʼtibor uchun barchaga oʻz minnaddorchiligimni bildiraman deydi”, — deydi Sayyor Sadinovning onasi Roziya opa Sadinova.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati