Harbiylar ezgu ishlarda o‘rnak bo‘lmoqda

0
788

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan хabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir.

Xonobod garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari mamlakatimizda ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam vakillariga e’tibor qaratish, ularga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, zaruriy masalalarda har tomonlama ko‘makdosh bo‘lish borasida muntazam tadbirlar ko‘rib boradi.

Qarshi tumaninada joylashgan “Parvoz” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Qurolli Kuchlar faxriysi, zahiradagi kichik serjant Akbar Ziyomiddinov xonadoniga uyushtirilgan tashrif ham ana shunday sa’y-harakatlar sirasiga kiradi.  

Akbar Ziyomiddinov uzoq yillar davomida harbiy sohada samarali faoliyat olib borgan. U hozirda salomatligi tufayli I-guruh nogironi. Bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilan safdoshlari uni nafaqat yaxshi do‘st, balki o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajaradigan fidoyi inson sifatida ko‘radi.

Yo‘qlov davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mas’ul ofitserlari va Qashqadaryo viloyat Faxriylar kengashi vakillari ushbu oilaning salomatligi hamda moddiy jihatdan ahvolini o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga xabar berildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati