Kichik mutaxassislar malakasi oshirildi

0
1246

Chirchiq oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtidagi “Quruqlikdagi qo’shinlarni havo hujumidan mudofaa mutaxassislari malakasini oshirish” o‘quv kursida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qismlaridan kelgan kichik mutaxassislar malakali ustozlar tomonidan 14 kun davomida tahsil oldi.

O’quv kursida tinglovchilarga 72 soatlik nazariy va amaliy mashg’ulotlar malakali ofitserlar tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.  

O‘z malakasini oshirish hamda mavjud bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun tashrif buyurgan harbiylarning kun tartibi ertalabki badantarbiyadan boshlandi, shaxsiy tarkib saf ko’rigidan o‘tkazilib, dars mashg‘ulotlariga jalb qilindi.

Tinglovchilar havo hujumidan mudofaa taktikasi, otish, texnik, maxsus tayyorgarligi va boshqa fanlardan olgan nazariy bilimlarini muntazam ravishda dala o‘quv maydonlarida amaliyotda qo‘llab borishdi.

Ta’kidlash kerakki, o‘quv kursida tinglovchilarga so‘nggi axborot kommunikatsiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olingan bilimlar doimiy ravishda nazoratdan o‘tkazilib, monitoring qilib borildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti