Faxriylar oʻrtasida mini-futbol musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi

0
697

Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriylari birlashmasi tashkil topganining 30 yilligi hamda cheklangan qoʻshinlarning Afgʻoniston hududidan olib chiqilganining 34 yilligiga bagʻishlangan faxriylar oʻrtasidagi “Birlashma raisi kubogi” mini-futbol musobaqasining final oʻchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi(OʻFA faxriylar kengashi), Mudofaa vazirligi faxriylar markaziy kengashi, Alfraganus universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqada hamkor tashkilot va vazirliklarning vakillari, Qurolli Kuchlarimiz hamda futbolimiz faxri boʻlgan ustozlar, faxriylar ishtirok etdi.

Mini-futbol musobaqasining final bosqichi ochilish marosimi kuy-qoʻshiqlar bilan bayramona kayfiyatda, asosiysi jangchi-faxriylarning, quroldosh doʻstlarning diydorlashuvi bilan boshlandi. Finalgacha yetib kelishgan Fargʻona, Xorazm, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri jangchi faxriylar bahs olib bordi. Yaunda bellashuv natijasi quyidagicha koʻrinish oldi:

  • 3-oʻrin — Toshkent shahri;
  • 2-oʻrin — Jizzax viloyati;
  • 1-oʻrin — Fargʻona viloyati jamoasi.

Shuningdek, tadbir yakunida Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi Talʼat Murodov faxriylar sport musobaqalarini oʻtkazishda hamda yoshlarimizni Vatanga sodiq, mard oʻgʻlonlar etib tarbiyalashdagi doimiy faolligi uchun bir guruh musobaqa tashkilotchilarini mukofatladi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti