Buxoro va Qarshida “Vatan tayanchi” harakati aʻzolariga koʻkrak nishonlari topshirildi

0
876

Buxoro shahridagi umumtaʻlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʻzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilarga koʻkrak nishonlarini Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi, Buxoro harbiy prokuraturasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi hamda bir qator tashkilotlarning vakillari topshirdi.

Tadbirda ishtirokchilarga “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi avtokross, motokross, karting, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan oʻq otish, modelizm kabi sportning texnik va amaliy turlari koʻrgazmalari hamda yoshlarni turli texnik kasblarga oʻrgatishda qoʻllaniladigan zamonaviy texnik jihozlar namoyish etildi. Ularga kelgusida tashkilotning sport seksiyalari va toʻgaraklariga bepul aʻzo boʻlishlari hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan oʻquv kurslarida kasb-hunar egallashlari mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinflarida Qarshi shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga ham ko‘krak nishonlari va guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida yoshlar bilim yurtida tahsil olayotgan kursantlarning o‘qish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.