“Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari qo‘mondon bilan uchrashdi

792

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida, shuningdek, Xavfsizlik kengashi yigʻilishida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasida qator vazifalar belgilanib, bu boʻyicha “Jizzax tajribasi”ni butun respublikaga tatbiq etish borasida tegishli koʻrsatmalar berilgan edi.

Mazkur koʻrsatma asosida, joriy yilning 20-fevralidan 1-mart kunigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga bevosita masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari hamkorligida “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinlari tashkil etildi. Har bir kuni mazmunli va maqsadli tashkil etilayotgan yigʻin ishtirokchilari “Jasorat maktabi”dan mamnun.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov bilan boʻlgan uchrashuvda yoshlar yigʻin taassurotlarini soʻzlab berishdi.

Qoʻmondon yaratilgan bu imkoniyatlardan toʻgʻri va oqilona foydalanish lozimligini ta’kidladi.

Shu kuni yigʻin ishtirokchilari oʻrtasida qoʻmondon kubogi uchun harbiy estafeta oʻyinlari tashkil etilib, faol ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qismlarda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yigʻini bugun, 1-mart kuni yakunlandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati