Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

0
1278

Vodiy viloyatlarining Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, guruhlarga ajratilmoqda. Ularga milliy armiyamiz safida xizmat qilish bo‘yicha tushunchalar berilyapti.

Har qanday vaziyatda ona Vatan tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligini ta’minlashga shay o‘g‘lonlar Mudofaa ishlar boshqarmalarida keng qamrovli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning salomatligi har bir mutaxassis shifokor tomonidan nazorat qilinmoqda. Ayni paytda sogʻlom deb topilgan chaqiriluvchilarni guruhlarga ajratish ishlari boshlab yuborilgan.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish tartibi ikkita bosqichda hududiy tibbiy komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi: birlamchi tibbiy koʻrik hamda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik. Hududiy tibbiy komissiyalari tarkibiga kiruvchi shifokorlar — jarroh, oftalmolog, terapevt, psixiatr, nevrolog, lor, dermatovenerolog, stomatolog. Mazkur tibbiy koʻriklar joriy yilning 15-fevralidan 30-aprelgacha oʻtkaziladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting