Samarqandda Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi

0
1166

Markaziy harbiy okrugning Situatsion markazida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev raisligida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va hamkorlikdagi kuch tuzilmalari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Taʻkidlash kerakki, har yili bu kabi yigʻilish chegaralarimiz dahlsizligi, jamoat xavfsizligini taʻminlash, Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida yakunlangan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil qilish, kelgusidagi vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etiladi.

Yigʻilishda dastlab, yakunlangan 2022-yilda erishilgan qator yutuqlar eʻtirof etildi. Shu bilan birga, mintaqada kechayotgan harbiy siyosiy vaziyatlar, sodir etilgan jinoyatlar sarhisobi tinglanib, oldinda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar oʻrtaga tashlandi. Muammolar yechimi tahlil etilishi asnosida xavsizlikni taʻminlash, profilaktik tadbirlarning son va sifatini oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, qoʻshinlarning jangovar shaylik darajasini yanada oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida uy-joy bilan taʻminlash, sogʻligʻini saqlash, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarni izchil yaxshilab borish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda Samarqand viloyatidagi Mudofaa ishlar boshqarmasi va boʻlimlarining infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida harbiy-maʼmuriy sektor rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash va mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlarini bajarish mexanizmi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati