Farg‘onada “Eng ilg‘or jangovar vzvod” ko‘rik-tanlovi qizg‘in davom etmoqda

0
847

Sharqiy harbiy okrugda “Eng ilg‘or jangovar vzvod” ko‘rik-tanlovining yakuniy, Mudofaa vazirligi bosqichiga start berilgani haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda harbiy xizmatchilar tanlov shartlari bo‘yicha bir nechta bosqichlardan o‘tib, mashaqqatli sinovlarni birin-ketin ortda qoldirmoqda.

Hozirda ishtirokchilarning nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ularning jismoniy tayyorgarligi yugurish, tosh ko‘tarish, turnikda tortinish kabi mashqlarda tekshirildi. Shuningdek, yurt o‘g‘lonlari qurollar, jangovar va zirhli texnikalardan belgilangan nishonlarga o‘q otish shartlarida merganlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov shartlari bo‘yicha bajarilgan vazifalar Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan shaffof tarzda baholab borilmoqda.

Jangovar vzvodlarning jipsligi, hamjihatligini ta’minlash, ularning jangovar vazifalarni bajarishga shayligini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati