O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorlikdagi o‘quvi boshlandi

0
1121

Qozog‘iston Respublikasida “Qalqon-2021” o‘zbek-qozoq o‘quvlari boshlandi.

Jambul viloyatining “Gvardeyskiy” o‘quv markazi hamda “Matibuloq” dala o‘quv maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mashg‘ulotlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga qurol-aslahalar biriktirilib, barcha harbiy xizmatchilar hududdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari harbiy hamkorlik sohasini rivojlantirish va jangovar birodarlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ta’kidlash kerakki, “Qalqon-2021” o‘zbek-qozoq o‘quvlari dastlab 2019-yili yurtimizda o‘tkazilib, harbiy hamkorlikka mustahkam asos qo‘yilgan edi.

Boshqaruv organlari jipsligini ta’minlash, bo‘linmalarning guruh tarkibida va shaxsiy bilim, ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladigan o‘quv mashg‘ulotlari hafta oxiriga qadar davom etadi. Bu haqida kelgusida batafsil to‘xtalamiz.

Kapitan Aziz Norqulov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti