Teatr jamoasi harbiy bilim yurtida

0
647

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga “Muqimiy” nomidagi musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari tashrif buyurishdi. Tadbirda bilim yurti kursantlari, o‘quvchi-yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Ta’lim dargohining madaniyat markazida teatr truppasi aktyorlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar va raqslar namoyish etildi. Yillar davomida hayot sabog‘ini olgan mehmonlar tomonidan yig‘ilganlarga osoyishtalikni qadriga yetish, ota-onaga mehr ko‘rsatish hamda yurtga sadoqatli farzand bo‘lish lozimligi tushuntirib o‘tildi.
Shu kuni tadbir qatnashchilari va ijod ahli vakillari o‘tasida samimiy suhbatlar ham bo‘lib o‘tdi.

«Buyuk ingliz drammaturgi Uilyam Shekspir tili bilan aytganda «Teatr-bu hayot, odamlar esa undagi aktyorlardir. Hamma bunda o‘z rolini qoyilmaqom qilib o‘ynab berishi darkor». San’atlar ichida eng murakkabi aktyorlik san’ati, aktyor bo‘lib ham sahnada, tomoshabinlar ko‘z o‘ngida rol ijro etgan aktyor. Chunki sahnada u xato qilishga umuman haqqi yo‘q, o‘zining butun dard-u hasrati va orzu-istaklariga tomoshabinni ergashtira olishi kerak», deydi tadbir qatnashchisi katta leytenant Elyor Xolmatov.

Tashkil etilayotgan bunday tashriflar kelajak egalarining har jihatdan barkamol, Vatanni sevuvchi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ulari yuqori darajada bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati