Jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi

0
1244

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boshlandi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida boʻlib oʻtayotgan ushbu yigʻinda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari tarkibining nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini oshirish, rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va qoʻshinlarda tatbiq qilishdan iborat.

Shuningdek, olti kun davomida boʻlib oʻtadigan ushbu yigʻinda nazariy bilimlardan tashqari, amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazilishi nazarda tutitlgan. Unda mutaxassislar tomonidan stadion, sport zal va dala oʻquv poligonlarida yigʻin ishtirokchilari uchun koʻrgazmali mashgʻulotlar boʻlib oʻtadi. Ayniqsa, armiya sporti, sport psixologiyasi, tibbiy tadbirlar, toʻgʻri ovqatlanish tartibi kabi bir qancha yoʻnalishlarda oʻrganilgan yangi metodikalar mutaxassislar tomonidan yigʻin ishtirokchilariga yetkazilmoqda.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting