Qo‘shinlarda mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish borasida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

0
701

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qismlarda harbiy texnikalarni qishki mavsumga tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, okrug mas’ul ofitserlari, harbiy qism komandirlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Dastavval  komandirlar tomonidan harbiy texnikalarni qishki mavsumga tayyorlash jarayonida xavfsizlik va texnika qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligi shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Darhaqiqat, kelgusidagi faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun ham harbiy texnikalar doimiy soz holda bo‘lishi kerak.

Mashg‘ulot davomida harbiy texnikalarni mavsumiy shay holatga keltirish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar va amaliy jarayonlar tartibi ko‘rgazmali tarzda namoyish qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati