Tergov sohasida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

0
754

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan prokuror-tergov xodimlari va garnizon hududida joylashgan harbiy qism hamda muassasalarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning tergov sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi, sud-tibbiy ekspertizasi va IIVning tegishli soha mutaxassislari hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining mas’ul harbiy xizmatchilari qatnashdi.

 

Mashg‘ulot davomida sud-tibbiy ekspertizasi va IIV tegishli ekspertizasining soha mutaxassislari hamda prokuratura, IIVning maxsus avtomashinalari hamda jihozlari yordamida qotillik, nomusga tegish, yo‘l-transport hodisalari va boshqa holatlar bilan bog‘liq jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ko‘zdan kechirish davomida dalillarni to‘plash va ularni rasmiylashtirish protsessual tartibi nazariy va amaliy yo‘llar orqali tushuntirildi.

Shuningdek, harbiy qism va muassasalarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar bilan huquqbuzarliklarni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlari, huquq-tartibot va harbiy intizomni mustahkamlash zarur chora-tadbirlari yuzasidan mutaxassislarning tavsiyalari tinglandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati